
AQSh Senati hukumat faoliyatini tiklash va 40 kunlik ish to'xtashiga barham berish bo'yicha qonun loyihasini ma'qulladi, deb xabar beradi CNN. Ushbu kelishuvni amalga oshirish uchun sakkiz nafar demokrat-senatorning roziligi talab qilindi.
Ular federal xodimlar ishdan bo'shatilgandan keyin o'z lavozimlariga qaytarilishi kafolatlangan shartlarni qo'llab-quvvatlashdi. Bu qonun loyihasi byudjetning bir qismini moliyalashtirishga imkon beradi, qolgan idoralar esa 2026-yil 30-yanvarigacha mablag' oladi, deya ma'lum qildi Politico.
Demokratlar o'z ovozlari evaziga Tramp ma'muriyatidan Obamacare soliq imtiyozlarini uzaytirish bo'yicha dekabr oyida Senatda ovoz berilishi haqidagi va'dani oldilar. “40 kunlik uzoq tanaffusdan so'ng bu ish to'xtashiga barham berish imkoniga ega bo'lamiz”, dedi Senat vakili Jon Tyun.
CNN qayd etishicha, ovoz berish muvaffaqiyatli o'tganiga qaramay, har qanday senator qonun loyihasining qabul qilinishini bir necha kunga cho'zib yuborishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar