
2025-yil 10-noyabr kuni Daily Mail nashri Xitoyning Yutong elektrobuslari Buyuk Britaniyada xavfsizlikka tahdid solishi mumkinligini xabar qildi. Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu transport vositalariga o‘rnatilgan tizim ishlab chiqaruvchiga ularni masofadan o‘chirib qo‘yish imkonini berishi mumkin.
Buyuk Britaniyada 2018-yildan beri sotib olingan Yutong elektrobuslari soni 2,5 mingdan oshadi. Bir qator siyosatchilar, jumladan, sobiq partiya yetakchilari, hukumatdan bu avtobuslarni sotib olishni zudlik bilan to‘xtatishni va ularni almashtirishni talab qilishdi.
"Eng arzon variantni tanlashmoqda, lekin bu texnika bizni kuzatish imkoniyatiga ega. Ushbu transport vositalariga IT tizimlari o‘rnatilgan bo‘lib, ular ma'lumot to‘plashga qodir va masofadan boshqarish orqali o‘chirib qo‘yilishi mumkin.
Xitoy bilan munosabatlarimizni qayta ko‘rib chiqishimiz kerak", — dedi britaniyalik siyosatchi Iyen Dunkan Smit. Buyuk Britaniya Transport vazirligi ushbu holatni o‘rganishni boshladi.
Vazirlik Milliy kiberxavfsizlik markazi bilan hamkorlikda muammoning mohiyatini aniqlash va yechim topish ustida ishlamoqda. Yutong kompaniyasi vakili esa barcha qonunlarga rioya qilishlarini va elektrobuslarni masofadan boshqarish imkoniyati yo‘qligini ta'kidladi.
"Mijozning ruxsatisiz tizimlarga hech kim kira olmaydi va ularni boshqara olmaydi. Yutongning Yevropadagi elektrobuslari masofadan tezlikni oshirish, rul boshqaruvi yoki tormoz tizimini boshqarish imkoniyatini qo‘llab-quvvatlamaydi", — deyiladi kompaniya bayonotida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.