date

Sobiq afg‘on harbiylari Britaniya armiyasida xizmat qilmoqchi

Sobiq afg‘on harbiylari Britaniya armiyasida xizmat qilmoqchi

“Tolibon” hokimiyatga kelgach Buyuk Britaniyaga ko‘chib kelgan sobiq afg‘on harbiylari Britaniya armiyasiga qo‘shilmoqchi. Afg‘onistonlik mayor Nur Aziz Ahmadzai o‘zi va sobiq hamkasblarini Britaniya armiyasiga qabul qilishni so‘raganini ma’lum qildi.

Nur 16 yoshida maxsus politsiya safiga qo‘shilgan, keyinchalik britaniyalik harbiylar uchun tarjimon bo‘lib ishlagan va Afg‘oniston maxsus kuchlariga o‘tgan. U Buyuk Britaniyadagi harbiy akademiyada ikki yarim yil tahsil olib, so‘ng maxsus aksilterror bo‘linmasi qo‘mondonining o‘rinbosarigacha ko‘tarilgan.

2021-yil avgustidan buyon Nur Buyuk Britaniyada yashaydi. U va boshqa afg‘onlar vatanda hayot xavfi ostida qolgani sababli Britaniyaga ko‘chirib kelingan. Hozirgi kunda ularga mamlakatda vaqtinchalik boshpana berilgan, biroq ularning aksariyati uysiz qolgan.

Britaniya armiyasiga faqat fuqaroligi borlar ariza topshirishi mumkin, bu esa kamida besh yil davomida mamlakatda yashashni talab qiladi. Shu bilan birga, Nur va boshqa sobiq harbiylar o‘z tajribasini Britaniya qurolli kuchlarida qo‘llashni istaydi va bu masala ustida rasmiylar bilan muzokaralar davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Sobiq afg‘on harbiylari Britaniya armiyasida xizmat qilmoqchi