date

Rim Papasidan Ukrainaning front oldi hududlariga 100 ming porsiya sho‘rva

Rim Papasidan Ukrainaning front oldi hududlariga 100 ming porsiya sho‘rva
Papa Lev XIV Rojdestvo bayrami munosabati bilan urushdan jabr ko‘rayotgan Ukraina aholisiga yirik gumanitar yordam yubordi. Uchta yuk mashinasi orqali mamlakatga 100 ming porsiya tayyor to‘qonli va sabzavotli sho‘rva yetkazib berildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur oziq-ovqat yordami front chizig‘iga yaqin hududlarda istiqomat qilayotgan, eng og‘ir sharoitda qolgan aholi o‘rtasida tarqatiladi. Bu haqda Vatikan polshalik kardinal va xayriya xizmatlari bo‘yicha prefekt Konrad Krajevskiy bayonotiga tayanib xabar qildi.

Kardinalning ta’kidlashicha, ushbu tashabbus orqali Rim papasi azob chekib yashayotgan insonlar bilan ma’naviy jihatdan birga ekanini namoyon etmoqchi. Yuborilgan oziq-ovqat mahsulotlari elektr energiyasi, ichimlik suvi va isitish tizimlarida uzilishlar kuzatilayotgan, tez-tez o‘qqa tutilayotgan hududlarga yetkazilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Rim Papasidan Ukrainaning front oldi hududlariga 100 ming porsiya sho‘rva