
Eron chempionatining 15-turi doirasida Tehronda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Istiqlol» o‘z maydonida «Gol Gohar»ni qabul qildi. Muxlislar qo‘llab-quvvatlashiga qaramay, mezbonlar minimal hisobda mag‘lubiyat alamini totdi va navbatdagi ochkolarni boy berdi.
Bellashuv taqdiri birinchi bo‘limda hal bo‘ldi. 37-daqiqada mehmonlar safida Shahrabadi aniq zarba bilan hisobni ochdi va bu gol o‘yin yakunigacha saqlanib qoldi. «Istiqlol» ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirishga urinib ko‘rdi, ammo hujumlar samara bermadi.
Ushbu o‘yinda besh oylik tanaffusdan keyin qaydnomaga kiritilgan o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Jaloliddin Masharipov zaxirada qoldirildi va maydonga tushmadi. Uning o‘yinga qo‘shilmasligi ham jamoa hujumkorligini cheklab qo‘ygan omillardan biri sifatida baholanmoqda.
So‘nggi to‘rt uchrashuvda g‘alaba qozona olmayotgan «Istiqlol» ushbu mag‘lubiyatdan keyin 22 ochko bilan turnir jadvalida 6-pog‘onaga tushib ketdi. «Gol Gohar» esa qo‘lga kiritilgan muhim g‘alaba orqali ochkolarini 23 taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarildi.
Eron Pro-ligasi. 15-tur
Istiqlol — Gol Gohar 0:1
28 dekabr, «Ozodi» stadioni
Gol: Shahrabadi (37)
Muxlislar endi «Istiqlol»dan navbatdagi turlarda inqirozdan chiqib, barqaror o‘yin ko‘rsatishni kutib qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.