date

Islomoboddagi portlash uchun Tolibon javobgarlikni oldi


Pokistonning Tolibon harakati Islomoboddagi sud binosi yaqinida sodir bo‘lgan portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deya xabar berdi AFP agentligi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida kamida 12 kishi halok bo‘lgan, yana 27 kishi jarohatlangan.

Guruh vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ularning asosiy nishoni sud tizimi xodimlari, jumladan, sudyalar, advokatlar va mansabdorlar bo‘lgan. Ularning fikricha, bu shaxslar islomiy normalarga zid bo‘lgan qonunlar asosida ishlamoqda.

Tolibon vakillari mamlakatda shariat qoidalari to‘liq joriy etilmagunicha hujumlarni davom ettirajaklarini ta'kidlashdi. Portlash kunduzi sodir bo‘lgan.

Pokiston Ichki ishlar vazirligining ma'lum qilishicha, xudkush hujumchi avval binoga kirishga uringan, biroq bunga muvaffaq bo‘la olmagan. Portlovchi qurilma ko‘chada, politsiyaning xizmat mashinasi yaqinida ishga tushgan.

Avvalroq hukumat darhol bu voqeani Tolibon harakati bilan bog‘lagan edi, lekin dastlab guruh rahbarlari ayblovlarni rad etishgan. Shu hodisadan biroz oldin, 10-noyabr kuni Pokistonning shimoli-g‘arbida yana bir xudkush terror hujumi sodir bo‘lgan edi.

U yerda qurollangan guruh harbiy kollej kursantlarini garovga olishga uringan, ammo xavfsizlik kuchlari ularga qarshi choralar ko‘rib, operatsiyani to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan. Ushbu hujum uchun ham Tolibon javobgar deb topilgan, ammo guruh vakillari bu voqeaga aloqadorliklarini rad etishgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Dunyo » Islomoboddagi portlash uchun Tolibon javobgarlikni oldi