date

Oltin narxi oktyabrdan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Oltin narxi oktyabrdan beri eng yuqori darajaga chiqdi
2026 yil fevral oyida yetkazib beriladigan oltin fyucherslari Nyu-Yorkdagi Comex birjasida bir troya untsiyasi uchun 4367 dollarga yetdi. Bu 21 oktyabrdan beri eng yuqori ko'rsatkichdir.

Toshkent vaqti bilan soat 16:37 da qimmatbaho metallning narxi 4369 dollarni, soat 17:04 da esa 4372 dollarni tashkil etdi. Aprel oyida Goldman Sachs banki yil oxiriga kelib oltin narxi bir untsiya uchun 3700 dollarga yetishini prognoz qilgan edi.

Bank bu prognozni global markaziy banklar tomonidan talabning oshishi bilan izohlagan. Joriy yil boshidan buyon dunyo bo'ylab markaziy banklar jami 254 tonna oltin xarid qilishdi.

Eng yirik xaridor davlatlar sifatida Polsha va Qozog'iston qayd etilgan. Faqatgina oktyabr oyida markaziy banklar tomonidan 53 tonna oltin sotib olingan bo'lib, bu o'tgan yilga nisbatan 36 foizga ko'proqdir.

1 dekabr holatiga ko'ra O'zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 61,2 milliard dollarga yetib, regulyator uchun rekord ko'rsatkichni qayd etdi. Jismoniy oltin hajmi esa oy davomida 12,2 million troya untsiyasigacha oshdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Oltin narxi oktyabrdan beri eng yuqori darajaga chiqdi