
Moldova MDH davlatlari bilan 1992 yilgi Bishkek bitimi asosida joriy etilgan vizasiz tartibni bekor qildi. Biroq, O'zbekiston va Qozog'iston fuqarolari avvalgidek Moldovaga vizasiz borishlari mumkin.
Qirg'iziston va Tojikiston fuqarolari esa endilikda viza rasmiylashtirishlari kerak bo'ladi. Moldova parlamenti ushbu qarorni qabul qilishni MDH institutlaridagi ishtirokni qayta ko'rib chiqish va milliy qonunchilikni Yevropa Ittifoqi talablariga moslashtirish zarurati bilan izohladi.
Shunga qaramay, MDHning ko'p davlatlari, jumladan O'zbekiston va Qozog'iston bilan Moldova o'rtasida ikki tomonlama kelishuvlar asosida vizasiz tartib amalda qoladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.