
Xitoyning Chjetszyan provinsiyasida og‘irligi 6 tonna bo‘lgan Lanying R6000 nomli uchuvchisiz konvertoplan ilk parvozini amalga oshirdi. Bu haqda Global Times nashri xabar berdi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Yangi dron vertolyotga xos manevrlilik va samolyotga xos yuqori tezlikni birlashtiradi. Uning konstruksiyasi havoda turib vintlar holatini o‘zgartirish imkonini beradi.
Shu sababli qurilmaga an’anaviy uchish-qo‘nish yo‘laklari talab etilmaydi: u tog‘li hududlarda yoki zich shahar qurilishlari orasidagi tayyorlanmagan maydonchalarda ham ishlashi mumkin. Bunda konvertoplan vertikal tarzda havoga ko‘tarilib, 500 km/soatdan yuqori tezlikka chiqishi qayd etildi.
Ishlab chiquvchilar uni aviatsiya va tibbiy tashuvlarda qo‘llashni rejalashtirmoqda. Nashrga ko‘ra, sinovlar Xitoyning past balandlikdagi aviatsiyani rivojlantirish strategiyasi doirasida o‘tkazilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.