date

Poytaxt Parking avtoturargohlar bozorida ustun ekani e’tirof etildi

Poytaxt Parking avtoturargohlar bozorida ustun ekani e’tirof etildi

Raqobat qo‘mitasi Streetpark Systems kompaniyasini (Poytaxt Parking) avtoturargohlar bozorida ustun muzokara kuchiga ega subyekt sifatida rasman tan oldi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmatiga tayanib kursiv.uz xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, Poytaxt Parking raqobatchilarning tovar va xizmatlari savdosini sun’iy ravishda cheklashi, shuningdek narxlarni asossiz oshirishi yoki pasaytirishi mumkin emas. Kompaniya mijozlarni qo‘shimcha mahsulotlarni majburan sotib olishga undash, boshqa sotuvchilarning xizmatlaridan voz kechishga majburlash huquqiga ham ega emas.

Shuningdek, shartnomaga aloqador bo‘lmagan talablarni tiqishtirish taqiqlanadi. Agar xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘lsa, asossiz ravishda shartnoma tuzishdan bosh tortish ham mumkin emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Poytaxt Parking avtoturargohlar bozorida ustun ekani e’tirof etildi