date

Toshkentda yo‘l haqi Qirg‘izistonning «Tulpar» kartalari bilan ham to‘lanadi

Toshkentda yo‘l haqi Qirg‘izistonning «Tulpar» kartalari bilan ham to‘lanadi

Qirg‘izistonda foydalaniladigan «Tulpar» transport kartasi Toshkent jamoat transportida yo‘l haqini to‘lash uchun moslashtiriladi. Bu haqda Vesti.kg xabar berdi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Loyiha bo‘yicha integratsiyani 2026 yilga qadar yakunlash rejalashtirilgan. Natijada Qirg‘izistondan keladigan sayyohlar Toshkentda alohida ATTO kartasini sotib olishga ehtiyoj sezmaydi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlik doirasida O‘zbekistonning yo‘l haqi to‘lov kartalari ham Qirg‘izistonda ishlashi kutilayotganini bildirgan. «Tulpar» kartalari Qirg‘izistonda 2020 yildan buyon jamoat transportida naqd pulsiz to‘lov uchun qo‘llanadi: yo‘lovchilar belgilangan tarif bo‘yicha validatorlar orqali yo‘l haqini to‘laydi.

Transport kartalarini o‘zaro tan olish bo‘yicha memorandum o‘tgan yil avgust oyida imzolangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yo‘l haqi Qirg‘izistonning «Tulpar» kartalari bilan ham to‘lanadi