SI va mudofaa sanoati misga global talabni 50 foizga oshirishi mumkin

2040 yilga kelib dunyoda misga bo'lgan talab keskin ortishi kutilmoqda: yillik iste'mol 2025 yildagi 28 mln tonnadan 42 mln tonnagacha yetib, qariyb 50 foizga ko'payadi. Bu haqda Reuters S&P Global hisobotiga tayanib xabar berdi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Hisobot mualliflariga ko'ra, o'sishning asosiy omillari — sun'iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi, mudofaa sanoatiga buyurtmalar ko'payishi hamda robototexnika bozorining kengayishi. Shu bilan birga, tahlilchilar taklif tomoni bu sur'atga moslashmasa, bozor katta tanqislikka duch kelishini eslatmoqda: qazib olish va qayta ishlash quvvatlari kengaytirilmasa, mis yetishmovchiligi yiliga 10 mln tonnadan ham oshib ketishi mumkin.
Bozorga qo'shimcha bosim mudofaa xarajatlarining o'sishi bilan ham bog'lanmoqda. Rossiya va Ukraina o'rtasidagi vaziyat cho'zilayotgani, shuningdek Yaponiya, Germaniya va boshqa davlatlarda iqtisodiyotning harbiylashuvi misga bo'lgan ehtiyojni yanada kuchaytirayotgani qayd etiladi.
Mis elektrlashtirish jarayonining tayanch metali bo'lib qolmoqda: u deyarli barcha elektron qurilmalarda, qurilishda va transport tizimlarida keng qo'llanadi. Eng yirik ishlab chiqaruvchilar — Chili va Peru, eng katta qayta ishlovchi esa Xitoy. AQSh esa zarur mis hajmining qariyb yarmini import hisobidan qoplaydi.
Hisobotda prognozlar chuqur dengiz konlaridan kelishi mumkin bo'lgan potensial yetkazib berishlar inobatga olinmaganini, baholar esa davlatlarning iqlim siyosatidan qat'i nazar, talabning bazaviy o'sish ssenariysiga tayanganini ta'kidlaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!