date

Grateful Dead guruhi hammuassisi va gitarachisi Bob Veyr vafot etdi

Grateful Dead guruhi hammuassisi va gitarachisi Bob Veyr vafot etdi

78 yoshli amerikalik musiqachi Bob Veyr — afsonaviy Grateful Dead rok guruhining asoschilaridan biri — olamdan o‘tdi. Uning vafoti haqida oila a’zolari ma’lum qildi.

Yaqinlarining bildirishicha, musiqachi o‘pka kasalligi bilan bog‘liq asoratlar oqibatida vafot etgan. Uzoq davom etgan saraton bilan kurashdan so‘ng Bob Veyr yaqinlari qurshovida, osoyishta hayotdan ko‘z yumgan. Unga 2025 yil iyulida tashxis qo‘yilgandi.

Kasallikka qaramay, Veyr oradan bir necha hafta o‘tib yana sahnaga qaytdi. U San-Fransiskodagi Golden Geyt bog‘ida o‘tgan Dead & Company guruhining yubiley konsertlarida qatnashib, musiqiy faoliyatining 60 yilligini nishonladi.

Grateful Dead 1965 yilda tashkil topgan bo‘lib, Amerika rok musiqasi tarixidagi eng ta’sirchan jamoalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Guruh ijodida rok, blyuz, folk va kantri ohanglari uyg‘unlashgan, ularning konsertlari esa uzun improvizatsiyalar bilan mashhur bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Grateful Dead guruhi hammuassisi va gitarachisi Bob Veyr vafot etdi