date

Eskalatorda yuz bergan fojia erkak umriga zomin bo‘ldi

Eskalatorda yuz bergan fojia erkak umriga zomin bo‘ldi

AQSHning Boston shahrida 40 yoshli ikki farzandning otasi eskalatorda yuz bergan fojia oqibatida vafot etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak 27 fevral kuni metro bekatida eskalatordan tushayotganda yiqilib, kiyimlari eskalator mexanizmiga ilinib qolgan. Natijada u og‘ir jarohat olgan.

Fojia videosi yaqinda ommaga e’lon qilindi. Unda odamlar voqea joyidan o‘tib ketgani, hech kim darhol yordam ko‘rsatmagani aks etgan. U deyarli yarim soat eskalatorda qolib ketgan. Keyinchalik transport xizmati xodimi eskalatorni to‘xtatib, tez yordam chaqirgan. Erkak o‘n kun komada yotib, olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa odamlar befarq bo‘lmay, vaqtida yordam ko‘rsatganida erkak omon qolishi mumkin edi, degan fikrlarni yozmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eskalatorda yuz bergan fojia erkak umriga zomin bo‘ldi