date

Jazodan qutulish uchun 8 marta ona bo‘lgan ayol

Jazodan qutulish uchun 8 marta ona bo‘lgan ayol

Turkiyaning Samsun shahrida yashovchi 31 yoshli ayol bir necha bor sodir etgan o‘g‘irlik jinoyatlari ortidan nihoyat qo‘lga olindi va bu safar jazodan qutulib qololmadi. Ma’lum qilinishicha, u uy o‘g‘irliklari bilan bog‘liq qariyb 60 ta jinoiy ish bo‘yicha aybdor deb topilib, jami 65 yil 10 oydan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Manbalarga ko‘ra, ayol avvalgi holatlarda jazoni kechiktirish uchun homiladorlik yoki chaqalog‘ining yoshi kichikligini asos qilib kelgan. Turkiya qonunchiligiga ko‘ra, 18 oyga to‘lmagan bolasi bor ayollarga jazoni kechiktirish imkoniyati beriladi. Aynan shu huquqiy imtiyozdan u bir necha bor foydalangani taxmin qilinmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda ayol 8 nafar farzandning onasi hisoblanadi. Uning eng katta farzandi 13 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 6 oylik ekani aytilmoqda.

So‘nggi jinoyatda u 13 yoshli o‘g‘li bilan birgalikda uydan taxminan 20 ming turk lirasi o‘g‘irlashda ayblangan. Huquq-tartibot organlari tomonidan olib borilgan kuzatuvlar natijasida ona-bola qo‘lga olingan.

Bu safar sud unga nisbatan qat’iy qaror chiqarib, qo‘shimcha ravishda o‘g‘irlik va uy daxlsizligini buzish moddalari bo‘yicha 3 yil 9 oy 18 kunlik jazo tayinladi. Shu bilan birga, sud uni qamoqda qoldirish haqida qaror qabul qildi.

Mazkur voqeadan so‘ng Samsundagi sudya Turkiya Adliya vazirligiga murojaat qilib, farzand sabab jazoni kechiktirish huquqini qayta ko‘rib chiqish va unga cheklovlar kiritish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartish kiritishni taklif qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Jazodan qutulish uchun 8 marta ona bo‘lgan ayol