date

Qozog‘istonda Qurbon hayitining rasmiy sanasi ma’lum qilindi

Qozog‘istonda Qurbon hayitining rasmiy sanasi ma’lum qilindi

Joriy yilda Qozog‘istonda Qurbon hayitining birinchi kuni 27 may sanasiga to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi. Bu haqda mamlakat Musulmonlar diniy idorasi xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, Qurbon hayiti 27 may kuni nishonlanadi. Shu bilan birga, idora hududlar bo‘yicha hayit namozi vaqtlarini ham e’lon qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning aksariyat hududlarida, jumladan Olmaota, Ostona va Chimkent shaharlarida hayit namozi soat 06:00 da boshlanadi.

Shuningdek, Oqmola, Olmaota, Jambil, Qarag‘anda, Qizilo‘rda va Turkiston viloyatlaridagi musulmonlar ham hayit namozini soat 06:00 da ado etadi.

Bundan tashqari, Qo‘stanay, Shimoliy Qozog‘iston, Sharqiy Qozog‘iston, Ulitau, Jetisu va Abay hududlarida ham namoz aynan shu vaqtda o‘qilishi aytilgan.

Biroq Mang‘istau, Oqto‘be, G‘arbiy Qozog‘iston Atirau, va Qarag‘anda viloyatining ayrim hududlarida hayit namozi soat 06:30 da boshlanishi belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda Qurbon hayitining rasmiy sanasi ma’lum qilindi