date

AQSh qiruvchi samolyoti Eron ustida urib tushirildi: ekipaj a’zolaridan biri qutqarildi

AQSh qiruvchi samolyoti Eron ustida urib tushirildi: ekipaj a’zolaridan biri qutqarildi

AQShga tegishli F-15 qiruvchi samolyoti Eron hududida urib tushirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Axios nashriga ko‘ra, samolyot bortidagi ikki ekipaj a’zosidan biri AQSh maxsus kuchlari tomonidan topilib, muvaffaqiyatli qutqarilgan. Ikkinchi a’zoni izlash ishlari esa hanuz davom etmoqda.

Manbalarga ko‘ra, samolyot Eron tomonidan ochilgan o‘t natijasida zararlangan va ekipaj a’zolari katapulta orqali chiqishga ulgurgan. Qutqarilgan harbiy xizmatchi Eron hududida topilgan.

Ayni paytda Eron ham yo‘qolgan ekipaj a’zosini qidirishga kirishgan. Mahalliy aholiga izlash ishlarida qatnashish uchun mukofot va’da qilingani haqida davlat televideniyesi orqali e’lon qilingan.

Isroil rasmiylari AQShga razvedka ma’lumotlari bilan yordam berayotganini bildirgan. Shu bilan birga, qidiruv-qutqaruv operatsiyasiga xalaqit bermaslik uchun Isroil tomonidan rejalashtirilgan ayrim zarbalar bekor qilingani aytilmoqda.

Urib tushirilgan F-15E Strike Eagle samolyoti ikki kishilik ekipaj — uchuvchi va qurol tizimlari operatoridan iborat. Ushbu samolyotlar havo-havo va havo-yer operatsiyalarida keng qo‘llanadi.

Oq uy matbuot kotibi Karolin Livit prezident Tramp voqea haqida xabardor qilinganini tasdiqladi.

Bundan avval esa Donald Tramp Eronning havo mudofaasi imkoniyatlari yo‘q qilinganini va AQSh harbiy kuchlari “to‘xtatib bo‘lmas darajada kuchli” ekanini ta’kidlagan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSh qiruvchi samolyoti Eron ustida urib tushirildi: ekipaj a’zolaridan biri qutqarildi