date

Mahachqalʼada kuchli yomg‘irlardan so‘ng turar joy binosi qulab tushdi

Mahachqalʼada kuchli yomg‘irlardan so‘ng turar joy binosi qulab tushdi

Dog‘istonning poytaxti Mahachqalʼa shahrida kuchli va to‘satdan yuzaga kelgan yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari bir qator muammolarni keltirib chiqardi. Ayniqsa, uch qavatli turar joy binosining poydevori yuvilib ketdi va bino qulab tushishi orqali aholida katta xavotir uyg‘otdi.

Shahar maʼmuriyati maʼlum qilishicha, Ayvazovskiy ko‘chasidagi “qulash xavfi saqlanayotgan” to‘rtta ko‘p qavatli uy atrofiga xavfsizlik choralari ko‘rilgan va ular qurshab olingan. Ushbu binolarda yashovchi 300dan ortiq aholi favqulodda holatlar tufayli xavfsiz joylarga evakuatsiya qilindi.

“Aholining bir qismi vaqtinchalik joylashtirish punktlariga olib ketiladi, ularga zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatiladi. Qolganlar esa qarindoshlari uylariga vaqtincha joylashtirilmoqda,” – dedi shahar matbuot xizmati.

“Interfaks” agentligiga ko‘ra, Ayvazovskiy ko‘chasidagi turar joy binolaridan biriga tutashtirib qurilgan qo‘shimcha bino ham yomg‘ir oqibatida qulagan. Ammo hech kim jabrlanmagan. Hozirda bir necha ko‘p qavatli uy aholisi suv bosish xavfi tufayli evakuatsiya qilinmoqda.

Shimoliy Kavkazda mart oyi oxiridan beri katta yomg‘irlar va suv toshqinlari kuzatilmoqda. Eng ko‘p zarar Dog‘istonda ro‘y bergan: o‘n minglab aholi elektr taʼminotisiz qolgan, avtomobil yo‘llari harakat uchun yopiq, temir yo‘llar shikastlangan. Mahachqalʼada ko‘plab ko‘chalar suv bilan to‘lib, transport harakati to‘xtatilgan. Shu bilan birga, Chechenistonda ham qator kuchli yomg‘irlar va yer ko‘chkilari 17ta ko‘prikqa zarar yetkazgan, o‘nlab uylar vayron bo‘lgan.

Hozirda shahar maʼmuriyati va qutqaruv xizmatlari suv bosish hududlarida aholining xavfsizligini taʼminlash va zararni minimallashtirish uchun doimiy nazorat olib bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Mahachqalʼada kuchli yomg‘irlardan so‘ng turar joy binosi qulab tushdi