Qozog‘iston Yaqin Sharqdan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun 4 million dollar sarfladi

Qozog‘iston Yaqin Sharqdan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun qariyb 4 million dollar sarflagani ma’lum qilindi. Bu haqda mamlakat transport vaziri Nurlan Sauranbayev xabar berdi.
Vazirning aytishicha, evakuatsiyaning dastlabki bosqichida taxminan 4 ming kishi ro‘yxatga olingan. Jarayon boshlangan paytda esa qaytarilishi kerak bo‘lgan qozog‘istonliklar soni 10 ming nafarga yaqinlashgan.
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi avvalroq Yaqin Sharqdan fuqarolarni evakuatsiya qilish yakunlanganini e’lon qilgan edi. Umumiy hisobda mamlakatga 10 ming 275 nafar fuqaro qaytarilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing