date

Bangladeshda qizamiq avj oldi: yuzlab bolalar halok bo'ldi

Bangladeshda qizamiq avj oldi: yuzlab bolalar halok bo'ldi

Bangladeshda qizamiq kasalligi keskin kuchayib, epidemiologik vaziyat tobora murakkablashmoqda. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilning mart oyi o‘rtalaridan buyon ushbu kasallik oqibatida 459 nafar bola vafot etgan.

Xabar qilinishicha, faqatgina 18 may kunining o‘zida yana olti nafar bolaning o‘limi qayd etilgan. Ulardan birining o‘limi rasman qizamiq bilan bog‘liqligi tasdiqlangan bo‘lsa, qolgan besh holat ham aynan shu kasallik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, qizamiq bilan bog‘liq o‘lim holatlarining 75 tasi laboratoriya tekshiruvlari orqali tasdiqlangan. Qolgan 384 holat esa gumon qilinmoqda va hozirda qo‘shimcha tekshiruvlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga, kasallik tarqalishi ham yuqori sur’atlarda davom etmoqda. Bir sutka ichida 240 ta yangi tasdiqlangan holat qayd etilgan bo‘lib, umumiy bemorlar soni 7,7 ming nafarga yetgan. Gumon qilingan holatlar esa yana 1274 taga ko‘payib, umumiy hisobda qariyb 58 mingga yaqinlashgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mart oyidan buyon mamlakat bo‘ylab 42 mingdan ortiq bemor qizamiq alomatlari bilan shifoxonalarga yotqizilgan. Ularning katta qismiga tibbiy yordam ko‘rsatilib, davolanib chiqarilgani aytilmoqda.

Poytaxt Dakka shahrida esa vaziyat yanada murakkab tus olmoqda. Bu yerda vaksina ta’minotidagi uzilishlar sabab mas’ullarga nisbatan norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda. Fuqarolar sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolarni zudlik bilan hal etishni talab qilmoqda.

Mutaxassislar esa kasallik tarqalishini to‘xtatish uchun ommaviy emlash kampaniyalarini kuchaytirish, sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish va aholi orasida tushuntirish ishlarini kengaytirish zarurligini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Bangladeshda qizamiq avj oldi: yuzlab bolalar halok bo'ldi