16:10 / 03.01.2018
5 530

Tramp o’zidagi yadroviy tugma Kim Chen Indagi tugmadan kattaroq ekanligini ma’lum qildi

 Трамп ўзидаги ядровий тугма Ким Чен Индаги тугмадан каттароқ эканлигини маълум қилди
AQSH prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya davlat rahbari Kim Chen Inga qarata o’zidagi yadroviy tugma undagi tugmadan kattaroq ekani haqida aytdi.

“Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In yadroviy tugma hamisha uning stoli ustida turishi haqida ma’lum qildi. Balki och-nahor tuzumdagi biror kimsa unga menda ham yadroviy tugma borligi, bu tugma undagidan anchagina kattaroq va kuchliroq ekanligi, shuningdek uning ishlashini ma’lum qilib qo’yar” deb yozadi AQSH prezidenti o’zining Twitterdagi sahifasida.

Eslatib o’tamiz, dushanba kuni Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In o’zining stolida hamisha yadroviy raketalar tugmasi turishi va AQSH uning mamlakatiga tahdid qilguday bo’lsa tugmani bosib yuborishi mumkinligi haqida ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp o’zidagi yadroviy tugma Kim Chen Indagi tugmadan kattaroq ekanligini ma’lum qildi