Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatida yo‘lovchi avtobusining ko‘prikdan daryoga qulashi oqibatida kamida 36 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hukumatga iqtibos keltirgan holda Kun nashri xabar berdi.
“Avtobus Kalkuttadan shimolga tomon 280 km uzoqlikda, haydovchi boshqaruvni yo‘qotgandan keyin Bxayrav daryosiga qulagan”, deb ma’lum qildi shtatning transport vaziri Suvandu Adxikari.
Uning aytishicha, falokat vaqtida avtobusda 55 kishi bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, jasadlarni suvdan chiqarib olishga 6 soat talab qilingan. Omon qolganlar mahalliy shifoxonaga yetkazilganlar.
Shtat hukumati voqeani tergov qilishni boshlaganini va halok bo‘lganlar oilalariga 8 ming dollardan kompensatsiya to‘lanishini e’lon qilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi