Bugun Oy taqvimida unikal kun hisoblanadi, Bir vaqtning o‘zida Oyning to‘liq tutilishi, Super oy hodisasi kuzatildi. O‘zbekistondan turib bu safar kuzatilayotgan mazkur tabiat hodisasi Oy u chiqayotgan vaqtga to‘g‘ri keldi.
Yer va uning tabiiy yo‘ldoshi Oy o‘rtasidagi masofa Oyning elleptik orbitasi sabab 357 ming kilometrdan 406 ming kilometrgacha o‘zgarib turadi. To‘lin Oy tomonidan peregiydan o‘tilayotganida Super Oy hodisasi kuzatiladi va bunda Oy eng uzoq masofa — apogeyda bo‘lganidan ko‘ra diametri 14 foizga kattaroq, yorqinligi esa 30 foizga ko‘proq ko‘rinadi.
Oyning tutilishida Oy va Quyosh o‘rtasiga Yer tushib qoladi. Bu hodisa albatta to‘lin Oy sharoitida yuz beradi. Oy to‘liq yoki qisman tutilishi mumkin. To‘liq tutilishda Yerning soyasi Oy sirtini to‘liq qoplaydi va u qizg‘ish tusga kiradi. Oyning ko‘zdan yo‘qolib qolmasligiga sabab, Quyosh nurlarining Yer atmosferasidan sinib, Oy sirtini yoritishidir. Shu sababli u shafaq tusini oladi.
So‘nggi marta 2015 yilning 27 sentyabridan 28 sentyabriga o‘tar kechasi Super Oyning to‘liq tutilish hodisasi kuzatilgan. Lekin uni asosan Amerika qit’asi tomosha qilgan.
Keyingi Oy tutilishi 2018 yil 27 iyulga to‘g‘ri keladi va u O‘zbekiston hududidan bemalol kuzatiiladi. Qayd etish joizki, keyingi safar ham Oy to‘liq tutiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi