20:50 / 05.03.2018
5 917

Ekspertlar 2018 yilda kutilayotgan 10 ta xavfni ma’lum qilishdi

Ekspertlar 2018 yilda kutilayotgan 10 ta xavfni ma’lum qilishdi
Economist Intelligence Unit (EIU) mutaxassislari fikrlariga ko‘ra, hozirda kompaniyalar global iqtisodiyotning qudrati va geosiyosiy kenglik, moliyaviy va amaliy nomutanosibliklar bilan bog‘liq xavflarga to‘qnash kelmoqdalar.

Mutaxassislar o‘zlarining yangi hisobotlarida jahon iqtisodiyoti va kompaniyalar duch kelayotgan 10 ta xavfning ro‘yxatini tuzib chiqishdi. Bu haqda “Qalampir” nashri xabar bermoqda.

Hisobotda tahlilchilar jahon iqtisodiyoti joriy yilda ham kuchli bo‘lishini aytmoqdalar. AQSH jahon iqtisodiyoti lokomativi sifatida qoladi, Xitoyning ekspert, iste’mol va investitsiyasi yuqoriligicha qolaveradi.

Homashyo narxi, uni eksport qiluvchi, iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar uchun asosiy turtki bo‘ladi.

Mutaxassislar 2018 yilda jahon iqtisodiyoti 3% o‘sishini taxmin qilmoqdalar.

Shunga qaramay, quyida joriy yilda jahon iqtisodi uchun asosiy 10 ta xavf haqida batafsilroq to‘xtalamiz:

1. Yirik fond bozorlaridagi davomli pasayishlar jahon iqtisodi barqarorligiga putur yetkazadi.
Jahon fond bozorlarida joriy yilning fevral oyidan beri davomli o‘sish kuzatilmoqda, deydi kuzatuvchi mutaxassislar. Bu o‘sish tez orada keskin pasayish boshlanishiga olib kelishi mumkin.

Mutaxassislar jahon iqtisodiyoti yangi fazaga kirishini, unda markaziy banklar o‘sishning yuqori sur’ati sababli yangi monetar siyosat yuritishini taxmin qilmoqdalar. Banklarning monetar siyosati beqarorlik va noaniqliklarning o‘sishiga olib keladi.

2. AQSHning proteksionistik choralari sababli jahon savdosida tushkunlik yuz tutadi.
Mutaxassislar, 2018-2019 yillarda savdoning jiddiy o‘sishi va bu o‘sish rivojlanayotgan bozorlar eksportining ko‘payishi va Xitoy iqtisodining o‘sishi kabilarni rag‘batlantirishini taxmin qilmoqdalar.

Donald Tramp ma’muriyatining proteksionistik nutqi nisbatan aniq harakat va choralarga aylanishi taxminlari mavjud.

O‘z navbatida, har qanday proteksionistik choralar faqatgina Shimoliy Amerika va Xitoy savdosiga salbiy ta’sir o‘tkazmaydi.

Bunday choralar kiritilgan taqdirda tovarlar narxi ko‘tariladi va bu jahon tovar aylanmasi qisqarishiga olib keladi.

3. Janubiy-Xitoy dengizidagi hududiy tortishuvlar harbiy harakatlarga olib keladi.
Janubiy-Xitoy dengizidagi hududiy tortishuvlar birinchi yil davom etayotgani yo‘q. Xitoy bu hududlarda sun’iy orollar qurish harakatlarini faol olib bormoqda.

Mutaxassislar mintaqadagi vaziyat uzoq muddat keskinligicha qolishini ta’kidlamoqdalar. Agarda, harbiy to‘qnashuvlar boshlansa, bu mintaqa va hatto, jahon iqtisodiyoti uchun halokatli bo‘lishi aytilmoqda.

4. Jahon iqtisodiyoti o‘sishi 4% dan oshadi.
Ba’zi bozorlardagi o‘sishning kuchayishi umumiy jahon iqtisodiy o‘sishi mustahkamlashuvini anglatadi.

2017 yilda iqtisodiy ma’lumotlar jahonning ko‘pgina mintaqalarida jiddiy o‘sish holatini ko‘rsatdi. Bu 2018 yilda kuchli sakrashni taxmin qilishga asos bo‘ldi.

Umumiy jihatdan mutaxassislar jahon iqtisodini 4% emas 3% o‘sishini taxmin qilmoqdalar.

Shu bilan birga, o‘sish 3% dan ko‘proq o‘sish xavfini bildirmoqdalar.

Agar jahon iqtisodi o‘sishi 4% dan ko‘p bo‘lsa, bu 2010 yildan beri eng yuqori o‘sish sur’ati bo‘ladi.

5. Yirik kiberhujumlar korporatsiyalar va hukumatlar faoliyatiga zarar yetkazadi.
Mutaxassislar kiberhujumlarning yangi darajaga ko‘tarilishidan xavfsiramoqdalar. Korporatsiyalar va hukumatlar ularni eplay olmaydilar va uzoq vaqt mobaynida ularning ta’sir doirasida qoladilar.

Infratuzilma kiberhujumlar tufayli xavf ostida qolish ehtimolini ta’kidlamoqdalar.

6. Xitoy uzoq muddatli tushkunlikni boshidan kechiradi.
Umuman olganda, 2018 yil Xitoy iqtisodiyoti uchun yuqori sur’atli o‘sish yili bo‘ladi. Faqatgina Xitoy bu o‘sishni qancha muddat tutib turishi haqida savollar mavjud.

Agarda o‘sish sur’ati tusha boshlasa, bu nafaqat Xitoy iqtisodiga, balki boshqa mintaqalarga ham ta’sir qiladi.

7. Koreys yarimorolidagi yirik harbiy qarama-qarshiliklar.
AQSH va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi keskin munosabatlar 1953 yil Koreys urushi tugaganidan beri davom etmoqda.

Donald Tramp hokimiyatga kelishi bilan Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkirlashdi.

Agarda ish qurolli mojarogacha yetib borsa, uning natijasi nafaqat Koreya yarimorolida, balki butun dunyoda seziladi.

8. Yaqin Sharqdagi vositali mojarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikga aylanadi va bu jahon energetika bozorini “portlatadi”.
Saudiya Arabistoni va Eron raqobatchiligi bir necha o‘n yildan beri davom etmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, mintaqadagi vaziyat oxirgi paytlarda o‘tkirlashgan va yanada keskinlashib bormoqda.

Mamlakatlar ikki qutb atrofida guruhlarga ajralmoqda.

Eng yomon holda mojaro ochiq davrga kiradi, qurolli qarama-qarshilik boshlanib, dunyoning qolgan qismiga ta’sir qiladi. Negaki, Yaqin Sharq ko‘pgina bozorlarga asosiy homashyo yetkazib beruvchi hisoblanadi. Agar qurolli to‘qnashuv boshlansa, homashyo yetkazib berish to‘xtab qoladi.

9. OPЕKning neft qazib olishni kamaytirish to‘g‘risidagi kelishuvi buzilsa, neft narxi sezilarli pasayadi.
2017 yil oxirida OPЕK va Rossiya neft qazib olishni qisqartirish to‘g‘risidagi bitimni 2018 yilda ham davom yettirishga kelishib oldilar.

Mutaxassislar tomonlardan kimdir bitimni buzishi mumkinligini ta’kidlamoqdalar.

O‘z navbatida bu bozorda neftning talab darajasidan ortishiga olib keladi.

Natijada neft narxlari yana pasaya boshlaydi. Neft narxlari 2014-2016 yillardagi pasayishdan so‘ng yaqindan boshlab tiklana boshlagan.

10. Ko‘ngina mamlakatlar Yevroittifoqdan chiqishga qaror qiladilar. Mutaxassislar Gretsiyaning YEIdan chiqish istiqboli yuqoriligini ta’kidlamoqdalar.
YEIdan chiqishga qaror qilgan mamlakatlar milliy valyuta devalvatsiyasi bilan bog‘liq juda qiyin iqtisodiy davrni boshdan kechiradilar.

Tahlilchilarning aytishicha, jahon iqtisodiyoti chuqur inqiroz holatiga kelib qolishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ekspertlar 2018 yilda kutilayotgan 10 ta xavfni ma’lum qilishdi