09:51 / 09.05.2018
5 681

«Qur’oni Karim»ga o‘zgartirish kiritmoqchi bo‘lgan fransuzlarga Erdo‘g‘onning javobi

«Qur’oni Karim»ga o‘zgartirish kiritmoqchi bo‘lgan fransuzlarga Erdo‘g‘onning javobi
Yaqinda ma’lum bo‘ldiki, Fransiyadagi davlat arboblari «Qur’oni Karim»dagi ba’zi oyatlarga o‘zgartish kiritish zarurligini aytib o‘tishdi. Bu, shubhasiz, juda tez fursatda dunyoga tarqaldi. Turkiya prezidenti Rajap Toyip Erdo‘g‘an esa chiqishlaridan birida fransuzlarga xuddi shu masalada arzirli javob qaytardi.

— Ey g‘arbliklar, — dedi Erdo‘g‘an. — Siz musulmonlarning muborak kitobiga hujum uyushtirishda davom etmoqdasiz. Biz bo‘lsak sizlarning shunday aziz kitobingizga nisbatan hech qachon salbiy fikr aytmaymiz. Biz sizlarni yo‘q qilamiz!..

Erdo‘g‘an bu gaplarni «Adolat va taraqqiyot» partiyasi yig‘inida tilga ko‘chirdi. Bunga qadar Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi va sobiq bosh vazir Manuel Vals «Qur’on»ga o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi manifestga imzo chekishgandi. Manifestda ta’kidlanishicha, musulmonlarning muborak kitobidagi ba’zi satrlar insoniyatni bosqinchilik va juhudlarga nisbatan nafrat sari yetaklarmish.

Erdo‘g‘an o‘z o‘rnida fransuzlarni Islomni ko‘ra olmaslikda ayblab, jiddiy ogohlantirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Qur’oni Karim»ga o‘zgartirish kiritmoqchi bo‘lgan fransuzlarga Erdo‘g‘onning javobi