Angliyaning Sautgemptona shahrida istiqomat qiluvchi 12 yoshli o‘smir qiz dunyodagi eng bo‘yi uzun qiz deb topildi.
Sofi Xollinsning bo‘yi 189 sm. Uning bo‘yi barcha sinfdoshlaridan baland, uyda hatto qo‘li shiftga yetadi.
Sofi Ginnes rekordlar kitobiga kiritilganiga qaramay, o‘tkazilgan jarrohlikdan keyin bo‘yining qaytib o‘smasligiga umid qiladi.
Shifokorlar unga Marfana sindromi tashxisini qo‘yishdi. Ushbu kasallik irsiy hisoblanib, tanadagi tutashtiruvchi to‘qimalarning faoliyati buziladi, natijada odamning bo‘yi o‘sib ketaveradi.
Sofining 6 yoshida bo‘yi 147 sm edi, to‘rt yildan keyin esa 155 sm.ni tashkil etdi.
«Oyim menga Marfana sindromi haqida kichkinaligimdayoq so‘zlab bergan. Mening bo‘yim o‘sishdan to‘xtasa, men o‘zimni juda baxtiyor his qilaman, - deydi Sofi Xollins.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi