07:01 / 04.09.2018
4 062

Qozogʻistonda oʻzbekistonlik muhojirdan pora olib kelgan sobiq politsiyachi jazoga tortildi

Qozogʻistonda oʻzbekistonlik muhojirdan pora olib kelgan sobiq politsiyachi jazoga tortildi
Qaragʻandaning Qozibekbiy tuman sudi noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash maxsus boʻlinmasining sobiq xodimini xizmat lavozimin suisteʼmol qilish va firibgarlikda ayblab, 1 yil ozodlikdan cheklash jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, sobiq politsiya katta serjanti Qozogʻiston hududida noqonuniy boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarosidan har oyda 70 mingdan 110 ming tengegacha olib turgan. Homiylik bir yil atrofida davom etgan. Bu vaqt mobaynida politsiyachi jabrdiydadan 1 million 130 ming tenge undirishga ulgurgan.

Oʻtgan yil noyabrida huquq-tartibot xodimi salomatligi pand berganligi tufayli ichki ishlar organlaridan boʻshaydi, biroq bu unga pora olishda davom etishiga xalaqit bermaydi.

Sobiq politsiyachi qoʻlga olingandan soʻng aybini toʻliq tan oldi va bu nisbatan yengil jazo tayinlanishiga sabab boʻldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozogʻistonda oʻzbekistonlik muhojirdan pora olib kelgan sobiq politsiyachi jazoga tortildi