18:45 / 21.09.2018
4 567

Qirgʻiziston prezidenti soxta “qarindoshlarini” jazolashga vaʼda berdi

Qirgʻiziston prezidenti soxta “qarindoshlarini” jazolashga vaʼda berdi
Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 21 sentyabr kuni Kemin tumaniga qilgan amaliy tashrifi chogʻida Qirgʻizistonda oilaviy boshqaruvga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi haqida yana bir bor maʼlum qildi. U prezidentning nomidan foydalanib ish qilayotganlarni javobgarlikka tortish haqidagi oʻz topshirigʻi haqida gapirdi, deb yozmoqda Kun.uz.

“Jeenbekov Bakiyevga aylangani, uning qarindoshlari davlatni boshqarayotgani haqida atayin yolgʻon mish-mishlar tarqatilmoqda. Men hech kimni boshqaruvga yaqinlashtirmayapman. Agar bilib qolsam, qattiq choralar koʻraman. Bu haqda hamma biladi. Ammo hozirda mening «qarindoshlarim”, “doʻstlarim” koʻpayib ketgan. Goʻyoki mening qarindoshlarimdek oʻzini koʻrsatib, ishga joylashishmoqda. Men bunday holatlarda hibsga olish kerakligini aytdim. Men uchun sobiq prezidentlarning tajribasi katta saboqdir. Oʻgʻlim va qizim bor. Oʻgʻlim 4-sinfda oʻqiydi. U Maksim Bakiyevning yoshiga yetgunicha, men lavozimdan ketaman. Mening maqsadim - xalq orasida boʻlish va prezidentlik lavozimini tinchlik bilan topshirish», - dedi u.

Prezident bundan avval ham Qirgʻizistonda oila va tanish-bilishchilik boshqaruviga yoʻl qoʻyilmasligi haqida gapirgan.

“Biz butun dunyoga yana bir bor koʻrsatdikki, Qirgʻiziston xalqi adolat gʻoyalarini hurmat qiladi, hech qachon tiz choʻkmaydi va oila hamda tanish-bilishchilik boshqaruviga toqat qilmaydi, - dedi u. - Hokimiyatni egallab olish, xalq mol-mulkini oʻzlashtirish va odamlarni xor qilmoqchi boʻlganlarga munosib javob berildi”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirgʻiziston prezidenti soxta “qarindoshlarini” jazolashga vaʼda berdi