03:20 / 31.10.2018
3 413

Turkiya Suriyadagi terrorchilarga qarshi yangi operatsiya boshlamoqchi

Turkiya Suriyadagi terrorchilarga qarshi yangi operatsiya boshlamoqchi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara Suriyada Frot daryosidan sharqda terrorchilarga qarshi operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rishni yakunlaganini ma’lum qildi. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligiga tayanib Kun.uz nashri ma’lum qildi.

“Biz samaraliroq operatsiyalar yordamida terrorchilik guruhlari ustidan g‘alabaga erishamiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an.

Axborot agentligining ma’lum qilishicha, Turkiya armiyasi 28 oktyabrda Suriyaning shimolidagi Kobani shahridagi kurd mudofaa kuchlari pozitsiyalariga artilleriya zarbalari bergan.

Turkiya armiyasi 2016 yil avgustda IShID terrorchilik guruhi jangarilariga qarshi "Frot qalqoni" operatsiyasini boshlagan. Bu operatsiya davomida Suriya muxolifati ishtirokida Suriya shimolidagi Jarablus shahri va Al-Bob shaharlari qo‘lga kiritilgan. 2017 yil mart oyi oxirlarida operatsiya muvaffaqiyatli yakunlangani e’lon qilingan.

Joriy yilning yanvarida Turkiya qurolli kuchlari Suriyaning Afrin shahridagi kurd tuzilmalariga qarshi "Zaytun shoxi" operatsiyasini boshlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya Suriyadagi terrorchilarga qarshi yangi operatsiya boshlamoqchi