Yevropa davlatlari Venesuelada sakkiz kun ichida saylov o‘tkazish to‘g‘risidagi ultimatumdan voz kechishlari kerak.
Bu haqda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Turkiyaning CNN Turk telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
"Yevropa Venesuelaga nisbatan yana xatoga yo‘l qo‘ymoqda. Ular 200 yillik erkinligimizga qaramasdan, tariximizni inkor etishmoqda. Ozodligimizdan faxrlanamiz, tomirlarimizda bizni ozod etganlar qoni oqadi. Ular o‘z ultimatumlaridan voz kechishlari kerak, bizga hech kim ultimatum qo‘ya olmaydi", dedi Maduro.
Avvalroq Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerinining bayonotida agarda yaqin kunlar ichida Venesuelada prezident saylovi bo‘lib o‘tishi haqida e’lon qilinmasa, Yevropa ittifoqi milliy assambleya raisi Xuan Guaydoni mamlakatning vaqtinchalik prezidenti sifatida tan olishi ma’lum qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi