15:37 / 23.02.2019
3 586

Gollivud aktyori oyligini oshirish maqsadida o‘ziga qarshi "tajovuz uyushtirdi"...

Gollivud aktyori oyligini oshirish maqsadida o‘ziga qarshi "tajovuz uyushtirdi"...
21 fevral kuni Gollivud aktyori Jussi Smollett o‘z maoshini ko‘tarish maqsadida o‘ziga qarshi hujum uyushtirgani ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Daryo.
Smollett yanvar oyi oxirida Chikago ko‘chalaridan birida go‘yoki unga ikki kishi tajovuz qilgani oqibatida kasalxonaga yotqizilgan.

Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, tajovuzkorlar uni irqiy jihatdan haqorat qilib, bir necha zarbalar bergan va bo‘yniga arqon tashlab, ustiga noma’lum suyuqlik to‘kib ketgan.
Aniqlanishicha, bu suyuqlik oqartirish vositasi bo‘lgan. Shundan so‘ng politsiya aktyorni tajovuz uyushtirishda gumon qilgan va qo‘lga olgan.

Politsiya vakilining bergan ma’lumotiga ko‘ra, Smollett unga nisbatan kelib chiqqan irqchilik g‘azabidan foydalanib o‘z karerasini ko‘tarmoqchi bo‘lgan.
Shuningdek, aktyor irqiy jihatdan haqoratlar yozilgan xatni 20th Century Fox studiyasiga o‘z nomiga yuborgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gollivud aktyori oyligini oshirish maqsadida o‘ziga qarshi "tajovuz uyushtirdi"...