
Foto: TJournal
AQShning Jorjiya universiteti olimlari CRISPR genomni tahrirlash texnologiyasi yordamida yaratilgan birinchi sudralib yuruvchi haqidagi tadqiqot natijalarini e’lon qildi, deb yozadi "Daryo" nashri.
Tajriba jigarrang anolis turidagi kaltakesak ustida o‘tkazilgan, u genlar tahriridan so‘ng och pushti tusga kirgan.
Olimlar ancha vaqtdan buyon sichqonlar, cho‘chqalar, echkilar, tovuqlar va kapalaklarning genlarini tahrirlab keladi. Ammo sudralib yuruvchilarning reproduktiv tizimining o‘ziga xosligi tufayli, ularga nisbatan standart yondashuvni qo‘llab bo‘lmaydi, deb hisoblanilar edi.

Foto: TJournal
Ikki yil deganda tadqiqot mualliflari texnologiyani hali urug‘lanmagan tuxum hujayralarga nisbatan qo‘lladi.
Olimlar fikricha, tadqiqotni davom ettirish yordamida odam genlarini o‘rganish mumkin. Ular qo‘llagan tirozinaza geni ko‘zning rivojlanish jarayonlari uchun javobgardir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar