date

Mourino "Ayakc" ustidan muhim g‘alaba uchun maqtanib qo‘ydi...

Mourino "Ayakc" ustidan muhim g‘alaba uchun maqtanib qo‘ydi...

Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining beshinchi turida Joze Mourino rahbarligidagi «Benfika» Amsterdamda qiyin safarga chiqib, «Ayaks»ga qarshi muhim va ta’sirli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Lissabonliklar 2:0 hisobida zafar quchdi va bu natija jamoaning guruhdagi imkoniyatlarini yanada jonlantirib yubordi.

"Benfika"ga g‘alaba keltirgan gollar Samuel Dal va Leandru Barreyru hisobiga yozildi. Har ikki futbolchi ham jamoaning jonlanishida va o‘yin ruhiyatini ko‘tarishda katta rol o‘ynadi.

Mourino: “Bu nafaqat hisob, balki emotsional ustunlik edi”

Uchrashuvdan keyin Joze Mourino o‘ziga xos uslubda o‘yin bo‘yicha mulohazalarini bildirib o‘tdi:

«Bellashuv boshida kiritilgan gol nafaqat hisobni ochdi, balki jamoaga ruhiy kuch bag‘ishladi. Gap faqat 1:0 bo‘lganida emas — emotsional ustunlik biz tomonda bo‘ldi. Musobaqa nuqtayi nazaridan bu g‘alaba biz uchun hayotbaxsh ahamiyatga ega. Agar durang bo‘lganida ham bizni jiddiy qiyinchiliklar kutardi».

Mourino shuningdek guruhdagi vaziyat haqida ham fikr bildirdi:

«Menimcha, umumiy bosqichda to‘qqiz ochko to‘plasak, keyingi bosqichga chiqish imkonimiz yuqori bo‘ladi. Bizga yana ikkita g‘alaba zarur».

“Ayaks 150 daqiqa o‘ynasa ham, gol urolmasdi”

Mourino uchrashuv yakunida «Ayaks»ning hujumlardagi nochorligi haqida keskin fikr bildirdi:

«Menda shunday hissiyot paydo bo‘ldiki, agar “Ayaks” 150 daqiqa o‘ynaganda ham, to‘pni darvozaga kirita olmasdi. Ular bugun gol urish qobiliyatiga ega emasdek ko‘rindi. Biz esa munosib o‘yin ko‘rsatdik. Bunday g‘alabani nishonlash juda yoqimli».

Mag‘lubiyatlar seriyasiga nuqta qo‘yildi

Ta’kidlash joizki, «Benfika» Mourino qo‘l ostida Chempionlar ligasida ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyatdan keyin ilk marta g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu natija jamoaga nafaqat ochko, balki ishonch, kayfiyat va yangi kuch berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mourino "Ayakc" ustidan muhim g‘alaba uchun maqtanib qo‘ydi...