date

"Barselona" quruq qoldimi? Inasiu "Liverpul"ga o'tishga yaqin

"Barselona" quruq qoldimi? Inasiu "Liverpul"ga o'tishga yaqin
Lissabonning "Sporting" klubi markaziy himoyachisi Gonsalu Inasiu "Liverpul" klubiga o'tishi mumkin. So'nggi oylar davomida 24 yoshli futbolchiga "Barselona" tomonidan qiziqish bildirilgan edi.

Kataloniyaliklar himoya chizig'ini mustahkamlash maqsadida futbolchilar izlamoqdalar. Ammo CaughtOffside portalining xabariga ko'ra, "Liverpul" Gonsalu Inasiuni "Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gehiga muqobil variant sifatida ko'rmoqda.

"Qizillar" yangi markaziy himoyachini yanvar oyida transfer qilishni rejalashtirishmoqda. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Inasiuning transfer narxi 45 million yevroni tashkil etadi.

Uning "Sporting" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Bungacha futbolchiga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Barselona" quruq qoldimi? Inasiu "Liverpul"ga o'tishga yaqin