
O‘zbekiston 2026 yilda byudjetning ijtimoiy yo‘nalishini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Har yili byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik maoshlari, shuningdek, pensiyalar va nafaqalar miqdori inflyatsiya darajasidan yuqori bo‘lishi ta’minlanadi.
Byudjet taqchilligi uchun fiskal qoidalar saqlab qolinadi — YAIMga nisbatan 3 foizdan oshmasligi, davlat qarzi esa 50 foizdan yuqori bo‘lmasligi nazarda tutilgan. Ta’lim sohasi kengaytiriladi, STEM (aniq fanlar) bo‘yicha mablag‘ ajratiladi.
Tibbiyot sohasida esa shifoxonalar modernizatsiya qilinadi va raqamlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari, davlat transport infratuzilmasi, energetika, suv ta’minoti va o‘quv muassasalarini qurish uchun mablag‘ ajratishni ham rejalashtirmoqda.
Hududlarga byudjetni mustaqil boshqarish bo‘yicha ko‘proq vakolat beriladi, iqtisodiy jihatdan orqada qolgan viloyatlarga qo‘shimcha yordam ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, hududlarda mablag‘ning samarali ishlatilishini nazorat qilish tizimi joriy etiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.