date

Wildberries O‘zbekistonda WB Taxi’ni ro‘yxatdan o‘tkazdi

Wildberries O‘zbekistonda WB Taxi’ni ro‘yxatdan o‘tkazdi
Wildberries kompaniyasining O‘zbekistondagi sho‘ba korxonasi WB Int Export mamlakatda WB Taxi kompaniyasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan yozmqda. 

WB Taxi joriy yilning iyun oyi o‘rtalarida ro‘yxatdan o‘tgan. Yagona davlat ro‘yxatidan o‘tish ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniya taksi xizmatlarini ko‘rsatishni rejalashtirmoqda.

Ustav fondi 500 ming so‘mni tashkil qiladi. Kompaniyaning asosiy ulushi (99%) WB Int Export’ga tegishli bo‘lib, qolgan 1% esa Wildberries va Russ Outdoor tashqi reklama operatori birlashuvi natijasida tashkil etilgan RVB MChJga tegishli.

Kursiv Uzbekistan qo‘shimcha ma'lumot olish uchun kompaniyaga so‘rov yuborgan. Shu nomdagi taksi xizmatining sinov jarayonlari Belarusda o‘tkazilmoqda.

Bu mamlakatda xizmatga oid mobil ilovalar yuklab olish uchun allaqachon mavjud. Joriy yilning oktyabr oyida Wildberries Moskva shahrida yo‘lovchi tashish bozoriga kirishni mo‘ljallayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Mish-mishlarga ko‘ra, kompaniya Sitimobil’ni sotib olishni rejalashtirmoqda. Avvalroq Wildberries jamoasiga Rossiyadagi Gett va Bibi agregatorlarining sobiq rahbari Anatoliy Smorgonskiy qo‘shilgan edi.

U WB Taxi bo‘linmasini boshqarishga tayinlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Wildberries O‘zbekistonda WB Taxi’ni ro‘yxatdan o‘tkazdi