date

Flik «Barselona»ning kechagi "uyatli" mag‘lubiyati haqida nimalar dedi?

Flik «Barselona»ning kechagi "uyatli" mag‘lubiyati haqida nimalar dedi?

Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining beshinchi turida «Barselona» Londonga safar uyushtirib, «Chelsi»ga qarshi juda og‘ir kechgan o‘yinda ishtirok etdi. Kataloniyaliklar muxlislari bu gal jamoadan kutilmagan tarkibiy xatolar va himoyadagi jiddiy uzilishlar sabab 0:3 hisobida yirik mag‘lubiyatni tomosha qilishga majbur bo‘lishdi.

O‘yinning ilk qismidayoq himoyadagi bee’tiborlik «Barsa»ni jiddiy qiyin holatga solib qo‘ydi. Jyul Kunde o‘z darvozasiga noaniq harakat orqali avtogol kiritib qo‘ydi. Oradan ko‘p o‘tmay, jamoa sardori va markaziy himoyachi Ronald Arauxo qisqa vaqt ichida ikki bor ogohlantirildi va birinchi bo‘limdayoq maydondan chiqarib yuborildi.

Bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lgan «aristokratlar» ikkinchi taymda tashabbusni to‘liq o‘z qo‘liga oldi va raqib darvozasiga yana ikki gol kiritishni uddaladi. «Barsa» esa raqam jihatidan kamlik qilayotgan paytda hujumni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olmadi, himoya esa hamon beqaror ko‘rinishda qoldi.

Flik: “Arauxo bunaqa qaror qabul qilmasligi kerak edi”

Uchrashuvdan keyin kataloniyaliklarning bosh murabbiyi, tajribali german mutaxassisi Xans-Diter Flik uchrashuvdagi hal qiluvchi xatolar, ayniqsa Ronald Arauxoning ikki sariq kartochka olish holati bo‘yicha fikr bildirdi:

«Birinchi sariq kartochka berilgan vaziyatga hozir baho bera olmayman. Ushbu epizodni takroran ko‘rib chiqishim va Ronald bilan alohida suhbat o‘tkazishim kerak.

Ikkinchi vaziyatda esa himoyachimiz bunaqa qaror qabul qilmasligi lozim edi. Bu o‘rinda bunday harakat talab etilmaydigan o‘yin vaziyati edi», — dedi Flik.

Ronald Arauxo birinchi bo‘limning 32-daqiqasida bosh hakam Slavko Vinchich bilan tortishgani uchun og‘ohlantirildi. 44-daqiqada esa «Chelsi» futbolchisi Mark Kukurelyaga nisbatan o‘ta qo‘pol harakat qilgani uchun ikkinchi sariq kartochka kelib chiqdi. Bu esa o‘yin taqdirini amalda oldindan belgilab qo‘ydi.

Himoyadagi bunday xatolar va tartibsizliklar «Barselona»ning bu mavsumdagi eng omadsiz kechalaridan biriga aylandi. Endi jamoa navbatdagi o‘yinlarda xatolardan xulosa chiqarishi va mavsumdagi maqsadlar uchun yanada qattiqroq kurashishi kerak.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik «Barselona»ning kechagi "uyatli" mag‘lubiyati haqida nimalar dedi?