Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko o‘zini rusiyzabon odam deb atadi va buni isbotlash uchun diktant yoki insho yozishga tayyorligini bildirdi. Poroshenko bu haqda ICTV telekanalidagi “So‘z erkinligi” dasturida aytib o‘tdi.
Ukraina prezidenti mamlakat sharqi aholisiga murojaat qilib, hech kim ularning rus tilida so‘zlashish huquqiga rahna solmasligini ta’kidlab o‘tgan.
“Men o‘zim rusiyzabonman va men uchun rus tilida so‘zlashish mutlaq tabiiy ekanligini ko‘p marta aytganman”, deb ta’kidlab o‘tgan Poroshenko. Shu bilan birga u fuqarolarni ukrain tilini o‘rganishga chaqirgan va shundan keyin ularda “hammasi yaxshi bo‘lishiga” va’da bergan.
Ukrainada ta’lim va media sohasida rus tili mavjudligi sekin-asta kamaytirib borilmoqda. Ukrainaning “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi qonunida “milliy ozchilik tillarida” o‘qitish faqat boshlang‘ich sinflarda qolishi, yuqori sinflarda va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim faqat ukrain tilida olib borilishi ko‘rsatilgan. Bunga ko‘plab davlatlar, jumladan Rossiya, Ruminiya, Polsha, Moldova, Bolgariya, Vengriya va Gretsiya norozilik bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi