
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shvetsiya bosh vaziri Stefan Levan bilan suhbatlashayotgan vaqtda uning so‘zlari xato tarjima qilgan tarjimon ustidan hazil qildi. Bu haqda Sputnik nashri xabar qildi.
Putin Shvetsiya investorlari tomonidan Rossiya iqtisodiyotiga besh milliard investitsiya kiritilgani haqida gapirayotib, ularni “do‘stlar” deb atadi.
Tarjimon esa bu so‘zni “hamkorlar” deb tarjima qildi: “Men do‘stlar dedim, u esa hamkorlar deb tarjima qildi. Bandit”, - deya hazil qilgan Rossiya davlat rahbari. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar