Foto: AFP
AQSh preizidenti Donald Tramp Yaponiya imperatori Naruxitoga alt — skripkaga o‘xshash past ovozli qilli yoki puflab chalinadigan muzika asbobini sovg‘a qildi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Musiqa asbobi 1983 yilda Charlston shahrida (G‘arbiy Virjiniya) qo‘lda yasalgan. Shu bilan bir qatorda, AQSh prezidenti imperatorga 20-asrdagi amerikalik bastakor Aaron Koplend suratini ham taqdim etgan. Qayd etilishicha, imperator alt chalishni yaxshi ko‘radi.
Bunga javoban Naruxito Trampga moviy chinni vaza, uning rafiqasiga esa oltin bilan bezatilgan quticha bergan.
Naruxito va Tramp uchrashuvi imperatorning Tokiodagi saroyida 27 may kuni boshlandi. AQSh prezidenti u yerga rafiqasi Melaniya Tramp bilan birga kelgan. U Naruxito taxtga o‘tirganidan so‘ng tashrif buyurgan birinchi chet ellik rahbar bo‘ldi.
Naruxito Yaponiyaning 126-imperatori bo‘ldi va mamlakatda Reyva — yangi davr boshlandi. Uning otasi, sobiq imperator Akixito 30 aprel kun taxtdan voz kechdi. U taxtni 30 yil davomida egallab kelgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi