Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Checheniston rahbariga xalqlar do‘stligi ordenini topshirdi.
Belarus rahbari matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Qodirov Belarus va Checheniston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va har tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun mukofotlandi.
Bundan tashqari, Lukashenko o‘tgan yilning fevralida uzoq yillardan buyon Liviyada tutqunlikda ushlab turilgan belaruslik Vyacheslav Kachurani ozod qilishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorlik maktubini yo‘llagandi. Bunga qadar esa Qodirov vositachiligida Liviyadan ikki nafar belaruslik shifokor qaytarilgandi.
Checheniston rahbari avvalroq Minskda Lukashenko bilan Liviyada tutqunlikda bo‘lgan Belarus fuqarolarini ozod qilish masalasini muhokama qilganini va ularni ozodlikka chiqarish uchun bor kuchini ishga solishga va’da berganini aytgandi.
"Biz Belarusda qaytib ko‘rmasligimiz mumkin bo‘lgan bu insonlarni ozod etganing uchun rahmat. Sen nafaqat do‘stsan, balki mening, xalqimning birodarisan", - dedi Lukashenko Qodirov bilan Minskdagi Yevropa o‘yinlari ochilishidagi uchrashuvida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
Maryam Tillayeva kelajagini O‘zbekistonda ko‘rmasligi haqida so‘zlab berdi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin
Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi?
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi