13:50 / 27.06.2019
3 281

Buryatiyada aviahalokat: ekipaj a’zolari halok bo‘ldi, yo‘lovchilar omon qolishdi

Buryatiyada aviahalokat: ekipaj a’zolari halok bo‘ldi, yo‘lovchilar omon qolishdi
27 iyun kuni tongda Buryatiyada «Angara» aviakompaniyasiga tegishli An-24 rusumli yo‘lovchi samolyot Nijneangarskga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.

Qo‘nish vaqtida samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan va tozalash qurilmalari binosiga urilib, yong‘in boshlangan. Barcha yo‘lovchilar zudlik bilan evakuatsiya qilingan.

Ma’lum bo‘lshicha, samolyot Ulan—Ude—Nijneangarsk—Irkutsk yo‘nalishida parvozni amalga oshirayotgan bo‘lgan. Samolyot aeroportdan ko‘tarilishi bilan dvigatellardan biri ishdan chiqqan. Shu sababli ekipaj orqaga qaytishga qaror qilgan.

Buryatiya IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, samolyot ekipaji a’zolarining ikki nafari - komandir va ekipaj bortmexanigi halok bo‘lgan.

Hodisa vaqtida samolyot bortida 47 kishi bo‘lgan, ularning yetti nafariga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buryatiyada aviahalokat: ekipaj a’zolari halok bo‘ldi, yo‘lovchilar omon qolishdi