Kiyevdagi hukumat binosi raketa zarbasiga uchradi. Ukraina rasmiylari hujumda Rossiyaning “Iskander” raketasi ishlatilganini aytmoqda. Binoning yuqori qismi zarar ko‘rgan, ammo raketa to‘liq portlamagan.
Prezident Volodimir Zelenskiy bu voqeani qoralab, xalqaro hamjamiyatni Rossiyaga bosimni kuchaytirishga chaqirdi. U G‘arb texnologiyalari Rossiya qo‘liga tushayotgani va raketalar ishlab chiqarishda qo‘llanilayotganini ta’kidladi.
Donbasdagi Yarova qishlog‘ida esa pensiya olish uchun navbatda turgan 20 dan ortiq fuqaro bombadan halok bo‘ldi. Ularning aksariyati yoshi katta odamlar ekani bildirildi.
Mutaxassislar Rossiyaning hujumlari kuchayayotganini aytmoqda. Dronlar va raketalar birgalikda qo‘llanmoqda, bu esa Ukrainaning mudofaasini zaiflashtirmoqda. Ukraina rasmiylari xalqaro yordam zarurligini qayd etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!