Foto: «Globallookpress.com»
Nemis entomologlari hasharotlarning ommaviy qirilishi boshlanganini aniqladi. Olimlar buning oqibati ancha jiddiy bo‘lishidan ogohlantirmoqda.
Dinozavrlardan so‘ng hali bunday ommaviy qirilish bo‘lmagan edi. Olimlarning ta’kidlashicha, hasharotlar sayyoramizda yashayotgan jonzotlarning uchdan ikki qismini tashkil etadi. Ularning qirilib ketishi tabiatdagi ozuqa zanjirining uzilishiga olib keladi. Bu esa ekologik tizimni buzib yuboradi.
Nemis olimlari 30 yil davomida tahminan 80 million hasharotni tekshirib ko‘rgan. Tajriba ob’ektlari Reyn daryosi bo‘yidagi 63 ta hasharotlar qopqonida tutilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 1994 yildan buyon hasharotlarning umumiy biomassasi 76 foizga kamaygan. Bu esa o‘z navbatida ularni ist’emol qilib kun ko‘radigan qushlarning kamayishiga olib kelgan. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, G‘arbiy Yevropada yaqin-orada ekologik inqiroz ro‘y berishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi
Afg‘onistonda uch million bola to‘yib ovqatlanmaydi
Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi
O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi
Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi?
Parhezshunos tvorog iste’moli borasida ogohlantirdi