Huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingan Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi. Bu haqda juma kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda sobiq davlat rahbarining advokati Sergey Slesarev ma’lum qildi.
«Atamboyev tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi va hech qanday hujjatlarni imzolamadi», - deya advokat Slesarev so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz.
Sergey Slesarevning aytishicha, gap ehtiyot chorasini o‘zgartirish haqidagi iltimosnoma, ehtiyot chorasi to‘g‘risidagi hujjat, shuningdek, so‘roq bayonnomasi va protsessual qoidalarda ko‘zda tutilgan boshqa hujjatlar bo‘yicha qaror haqida ketmoqda.
Bundan oldin, Almazbek Atamboyev 26 avgustgacha Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergov hibsxonasida saqlanishi xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi
Afg‘onistonda uch million bola to‘yib ovqatlanmaydi
Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi
O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi
Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi?
Parhezshunos tvorog iste’moli borasida ogohlantirdi