07:43 / 04.09.2019
2 799

Atamboyevning mablag‘lariga qurilgan masjidga taqiq solindi

Atamboyevning mablag‘lariga qurilgan masjidga taqiq solindi
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev mablag‘lariga 2010 yilgi inqilob qurbonlari xotirasiga qurilgan masjid sobiq prezidentning taqiq solingan ko‘chmas mulki ro‘yxatiga tushdi.

OAVning ta’kidlashicha, Atamboyevning taqiq solingan mulki orasida dastlab 120 ta band bo‘lgan. So‘ngra ro‘yxatdan Bishkekda joylashgan uydagi kvartiralar hamda teleradiotashkilotlar uyushmasi mulki olib tashlangan. Biroq tergov davomida Atamboyevning taqiq solingan ob’ektlari soni 135 tagacha oshgan. Uning orasiga “7 aprel sheyitteri” masjidi ham kirgan.

Ayni vaqtda masjid qanday manbalar mablag‘lari hisobiga qurilgani aniqlashtirilmoqda.
Masjid 1 gektarga yaqin maydonni egallab, Atamboyevga qarashli “Forum ilmiy-ishlab chiqarish firmasi” nomiga rasmiylashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Atamboyevning mablag‘lariga qurilgan masjidga taqiq solindi