Foto: REUTERS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z farmoni bilan Rossiya tergov qo‘mitasi, favqulodda vaziyatlar va ichki ishlar vazirliklarining 11 generalini o‘z lavozimidan bo‘shatdi.
Farmonga ko‘ra, bo‘shatilgan generallar orasida Rossiya ichki ishlar vazirligining jamoat tartibini saqlashni ta’minlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, hozirda 100 mln rubllik firibgarlik ayblovi bilan tergov izolyatorida saqlanayotgan general-mayor Aleksandr Melnikov ham bor.
Putin hammasi bo‘lib favqulodda vaziyatlar vazirligining 6 nafar, ichki ishlar vazirligining 4 nafar va tergov qo‘mitasining bir generalini o‘z lavozimidan bo‘shatgan.
Shuningdek, Putin bir qator yuqori lavozimlarga yangi tayinlovlarni amalga oshirgan.
Bundan tashqari, Rossiya prezidenti boshqa farmoni bilan ichki ishlar vazirligining 16 xodimiga general-mayor va general-leytenant unvonlarini bergan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi