18:08 / 08.11.2019
4 757

Bishkekda portlash: hodisa sabablari va jabrlanganlar soni ma’lum bo‘ldi (foto, video)

Bishkekda portlash: hodisa sabablari va jabrlanganlar soni ma’lum bo‘ldi (foto, video)
Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda bugun mahalliy vaqt bilan soat 13:38-13:40 orasida kuchli portlash yuz berdi. Hodisa Chuy va Erkindik ko‘chalari chorrahasida joylashgan "Antoshka" kafesida yuz bergan.

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohatlandi, ularning 7 nafari bolalardir.

Jarohatlanganlarning ko‘pchiligi kuyish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi.

Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabariga ko‘ra, yong‘in mahalliy vaqt bilan 15:21 da to‘la o‘chirilgan.

Bishkek shahar IIBning ma’lum qilinishicha, yong‘in fastfud kafesi ichida joylashgan gaz ballonlarining portlashi asosida yuzaga kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bishkekda portlash: hodisa sabablari va jabrlanganlar soni ma’lum bo‘ldi (foto, video)