18:30 / 25.12.2019
5 079

“Xitoyda Qur’on va Injilni qaytadan yozishmoqchi”

“Xitoyda Qur’on va Injilni qaytadan yozishmoqchi”
O‘tgan noyabr oyida Xitoy bosh vazirining o‘rinbosari Van Yanning ishtirokida diniy konfessiyalar vakillari ishtirokida simpozium o‘tkazilgan. Unda Xitoydagi dinlar xitoy madaniyati va Kommunistik partiya doktrinalariga mos ravishda talqin etilishi zarurligi ta’kidlangan.

Le Figaro nashrining yozishicha, Xitoy hukumati asosiy diniy matnlar “yangi davr talablariga” muvofiq bo‘lishi kerakligini aytib, buning uchun diniy matnlarning tarjimalariga qo‘shimchalar kiritishni talab qilgan.

“Diniy adabiyotlarni har tomonlama baholash va kerak bo‘lsa, mos kelmaydigan matnlarni o‘zgartirish va ularni qaytadan tarjima qilish zarur”, – deyiladi simpoziumning rasmiy “Sinxua” agentligi e’lon qilgan hisobotida.

Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi ilmiy xodimi Ren Yanlining fikricha, mazkur simpozium Xitoy hukumatining dinlar ustidan nazorati tobora qat’iylashayotganini ko‘rsatadi. “Biroq Qur’on va Injil kabi diniy matnlarga aralashishga urinish ilk bor kuzatilmoqda”, – deydi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Xitoyda Qur’on va Injilni qaytadan yozishmoqchi”