00:07 / 27.12.2019
6 273

Kelib chiqishi o‘zbekistonlik «qonundagi o‘g‘ri» Botir Buxarskiy Ukrainada qo‘lga tushdi

Kelib chiqishi o‘zbekistonlik «qonundagi o‘g‘ri» Botir Buxarskiy Ukrainada qo‘lga tushdi
Foto: «Eg.ru». Botir Buxarskiy
Ukraina huquq-tartibot idoralari Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo‘lgan «Botir Buxarskiy» laqabi bilan jinoyat olamida mashhur «qonundagi o‘g‘ri»ni Ispaniyaga esktraditsiya qildi. Bu haqda «Interfaks»ga tayanib Daryo xabar berdi.

«Qonundagi o‘g‘ri» 2019 yil aprel oyida Ukrainaga noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelgan. Ukraina milliy politsiyasining Kiyev viloyati strategik tergov boshqarmasi ushbu harakatlarda boxabar bo‘lgan», — deyiladi ma’lumotda.

Botir Buxarskiy qayerda yashiringani aniqlangach uni qo‘lga olish bo‘yicha harakatlar amalga oshirilib, bu haqda Yevropadagi huquq tartibot idoralariga xabar berilgan.

Foto: Sweden news platform
Ukraina politsiyasi xabariga ko‘ra, kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Botir Buxarskiy 2017 yilda Ispaniyada jinoyat sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan. U uyushgan jinoiy guruh tarkibida pul yuvish tuzilmalarida ishtirok etgan. Jinoyat yo‘li bilan o‘zlashtirilgan mablag‘lar ko‘chmas mulk xarid qilish orqali legallashtirilgan.

Botir Buxarskiy 1998 yilda Moskvada «Ded Hasan» homiyligida obro‘ orttirgan va «Yaponchik» laqabli Rossiya jinoyat olami «qonundagi o‘g‘ri»sining shogirdlaridan biri hisoblanardi.

Hibsga olingan 48 yoshli «avtoritet» xorijliklar vaqtinchalik saqlanadigan yerga olib kelingan. Botir Buxarskiy 24 dekabrda Ispaniyaga jo‘natilgan va ispan huquq-tartibot idoralari ixtiyoriga topshirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kelib chiqishi o‘zbekistonlik «qonundagi o‘g‘ri» Botir Buxarskiy Ukrainada qo‘lga tushdi